Ronalduning agenti: "Krishtianu faoliyatini "Real"da yakunlaydi"
09 okt 2014 12:09
Yangiliklar


Ronalduning agenti: "Krishtianu faoliyatini "Real"da yakunlaydi"
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh, o'z mijozining "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida so'zlab berdi.
"Krishtianu MYUni juda hurmat qiladi, bu klub doimo uning yuragida qoladi, Ronaldu Manchesterda olti yil o'tkazdi.
Lekin hozir uning hayollari "Real" bilan bog'liq, bu klubdagi o'z faoliyatidan juda mamnun.
Ronaldu "Real"dan ketmasligini hamma biladi. Klub prezidenti bilan uning munosabati juda yaxshi va Krishtianu faoliyatini shu erda yakunlaydi" - deydi Mendesh.

Fikrlar