So’nggi yangiliklar

16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  0 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  0 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  2 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  0 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  0 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  14 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  6 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  15 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  1 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1

Ronalduni yomon ko'rishni bas qilishning 5ta sababi Yangiliklar

Ronalduni yomon ko'rishni bas qilishning 5ta sababi

Krishtianu Ronaldu 2003 yilda "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o'tganidan beri butun futbol olamining diqqat markazida.

Hozirgi kunda portugaliyalik zamonamizning eng yorqin yulduziga aylandi va bugun uni faqat bir "kosmonavt" bilan tenlashtirishmoqda - Lionel Messi.


Biroq yulduz bo'lish hammaga yoqish degani emas. Krishtianu Ronaldu hozir nomi tilgan olingan Lionel Messi kabi millionlab o'quvchilari va ko'plab xeyterlari (yomon ko'ruvchilari) mavjud. Portugaliyalikning biografiyasidagi bir-ikkita faktga asoslanib yoki uning futbolchilik qobiliyatlari tufayli uni yomon ko'radigan insonlar bor.


Agar siz Krishtianuni yomon ko'rsangiz, bugun Ronalduga bo'lgan munosabatingizni o'zgartirishga urinib ko'ramiz.


5. Xayriya

Krishtianu Ronaldu faqat zamonamizning mashhur va yorqin futbolchisi emas. Birinchi navbatda u yillik daromadi 100 mln. evrodan oshadigan boy inson. Kimlardir Krishtianu soliq to'lamaganligi bo'yicha yuzaga kelgan mojarolarni yodga olishi mumkin. Ammo bu ishlarni juda yaxshi tushunish uchun, barcha detallardan xabardor bo'lishingiz, qonun-qoidalar va moliyaviy ishlarnini yaxshi bilishingiz kerak.

SHu sababli Ronalduga bog'liq moliyaviy "o'yinlar"ni mutaxassislarga qoldiramiz va Krishtianu ishlab topgan pullarini nimaga sarflashi haqida suhbatlashamiz. Qimmatbaho mashina, yaxta, uy va samolyotlardan tashqari, Ronaldu daromadining kichik bo'lmagan qismini muhtojlarga sarflaydi. "Yuventus" futbolchisi pullarini kasal va kambag'al insonlarga yordam beruvchi xayriya tashkilotlariga o'tkazishi hech kimga sir emas.

2017 yilda Krishtianu Ronaldu o'zining "Oltin to'p"laridan birini sotib, undan tushgan barcha pullarni og'ir kasal bolalarga yordam ko'rsatuvchi fondlarga o'tkazib bergan ekan. Malumotlarga ko'ra, o'sha sovrinni Isroilning eng boy kishisi Idan Ofer 600 ming evroga sotib olgan.


Futbolchining ko'plab boshqa xayriya ishlari gateza va saytlarda elon qilingan, ammo Ronaldu ular haqida iloji boricha gapirmaslikka harakat qiladi va bu juda to'g'ri, chunki muhtojlarga yordam berishdan obro' orttirishni sportchilar emas, siyosatchilar yaxshi ko'rishadi.


4. O'zgarishlardan qo'rqmaydi

Maydondagi "artistligi", follar "yasashi" va shunga o'xshagan bazi narsalar tufayli Ronalduni tanqid qilish mumkin, ammo hech kim, xatto Krishtianuning eng ashaddiy xeyteri ham futbolchini faoliyati borasida qo'rqoqlikda yoki noprofessionalizmda ayblay olmaydi.

Portugaliyadan ko'chib ketganidan so'ng, Krishtianu o'zini "Manchester Yunayted"da ko'rsatdi, ammo bu bilan cheklanib qolmay, "Real"ga o'tdi. Ronaldu o'zi uchun yangi chaqiruv izladi va uni Madriddan topdi. Portugaliyalik 9 yil ichida Ispaniyada juda ko'p jamoaviy va shaxsiy sovrinlarni qo'lga kiritdi, ammo 2018 yilning yozida yana hammasini o'zgartirishdan qo'rqmadi va yoshi katta bo'lishiga qaramasdan, "Yuventus"ga ko'chib o'tdi.

Roanldu Italiyada yo'qolib qolmadi va haqiqatdan ham superyulduz ekanligini isbotladi. Krishtianu "Yuventus"ga faqat bir narsada yordam bera olmadi - CHempionlar ligasini yutishda. Bir kishi hammasini hal qila olmaydi. Ronaldu 34 yoshda bo'lsa ham mashg'ulotlarda ter to'kib ishlayapti, yana bir necha mavsumni yuqori darajada o'tkazishni orzu qilmoqda. Buning uchun Krishtianuda deyarli hamma narsa bor.


3. O'z muxlislarini qadrlaydi

Krishtianu gazetalarda yozilayotgandek olifta emas. Portugaliyalik o'z muxlislariga juda iliq munosabatda, qiyin va omadsiz bahslardan keyin ham ularga vaqt ajratishga harakat qiladi. Uning jamoadoshlari avtobus tomon ketayotganda, Krishtianu doimo muxlislar bilan muloqot qiladi, dastxat beradi, selfiga tushadi va o'z darajasiga mos bo'lishga urinadi. Ronalduni Ronaldu qilgan aynan ishqibozlar ekanligini Krishtianu juda yaxshi biladi.

Portugaliyalik jismoniy imkoniyati uning oldiga kelishga yo'l qo'ymaydigan muxlislarining oldiga borgani haqida ko'plab xabarlar elon qilingan. U tez-tez kasalxonada davolanayotgan nogironlar, bolalarni ko'rgani boradi va ularga moliyaviy hamda ruxiy yordam berishga urinadi.

Bundan tashqari, intervyularda gap muxlislar haqida ketsa, u futbolni faqat ishqibozlar uchun o'ynashini takrorlashdan charchamaydi.

Futbol - muxlislar uchun yaratilgan sport turi va Ronaldu buni juda yaxshi tushunadi hamda his qiladi.


2. Tatuirovkalarni yoqtirmaydi

Hozirgi kunda tanasida bir nechta tatuirovka bo'lishi o'ziga xos trendga aylanib qoldi va bu yildan-yilga ommalashib ketmoqda. Bu hammaning shaxsiy ishi va bir narsani hisobga olmasa, jamiyatga hech qanday zarar keltirmaydi. Tanasiga tatuirovka chizdirganlar tibbiyot nuqtai nazaridan donor bo'la olmaydi.

Krishtianu Ronaldu donorlikka katta etibor qaratadi. Aynan shu sababli portugaliyalik tatularni yoqtirmaydi. Ronaldu tanasidagi rasmlar bilan maqtanishdan ko'ra ehtiyojmandlarga yordam berishni maqul ko'radi. Krishtianu tatuirovkalarsiz ham boshqalardan ajralib turish mumkinligini yaxshi biladi.

Futbolchining aytishicha, u har yili kamida ikki marta donor sifatida qon topshiradi. SHifokorlar bundan ko'piga ruxsat bermaydi


1. Oila - birinchi o'rinda

Bazilar Ronalduni haqiqiy erkak emasligini aytib jar solishgan bo'lsa, boshqalar portugaliyalikning tungi klublardagi tasodifiy qiz o'rtoqlari haqida mish-mishlar tarqatishdi.

Ammo Krishtianu oila yaratishga arzigulik juft topishga muvaffaq bo'ldi. Jorjina Rodriges Krishtianu Ronalduga farzand tug'ib berdi va portugaliyalikning qolgan uch bolasiga ham yaxshi munosabatda ekan.

SHu bilan birga Ronaldu onasi va opasini juda yaxshi ko'radi. Mish-mishlarga ko'ra, Irina SHeyk futbolchining onasiga qilgan hurmatsizlik tufayli Krishtianu rossiyalik modelga "javobini bergan" ekan. Portugaliyalik doimo onasini hammadan ustun qo'ygan.

Krishtianu Ronaldu barcha futbol bayramlarida Jorjina Rodriges va katta o'g'li bilan birga. "Oltin to'p" topshirish marosimida ham Jorjina va kichkina Ronalduni futbolchining yonida bo'lganini payqagan bo'lsangiz kerak.

Reyting: +127   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика