So’nggi yangiliklar

19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  3 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  0 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  3 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  4 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  7 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3

Ronalduga pul kerak emas. Endi uni faqat shon-shuhrat qiziqtiradi Yangiliklar

Ronalduga pul kerak emas. Endi uni faqat shon-shuhrat qiziqtiradi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu endi pulga muhtoj emasligini aytdi.

"Doimo jamoam bilan sovrin yutishga harakat qilaman, chunki bu menga individual sovrinlar olib keladi. Ishimiz shunday. Siz shunchaki pul ishlab topish uchun emas, biror yutuq qo'lga kiritish uchun uyg'onasiz va mashg'ulotlarda ishtirok etasiz. Endi pulga muhtoj emasligim uchun yaratgandan minnatdorman. Futbol tarixiga o'z ismimni yozib, ko'proq g'alabaga erishishni istayman".

Haqiqatdan ham u butun umriga etadigan pul ishlab bo'ldi. Ronalduda klubdagi maoshidan tashqari ko'p millionli reklama shartnomalari, biznesdan foydasi va xatto smartfonlar uchun o'z o'yini bor.


Ronalduning daromadi qancha?

Futbol

Forbes bergan malumotlarga ko'ra, Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi 340 mln. dollarga tushdi (4 yil uchun). Forvardning yangi maoshi 35 mln. dollarni tashkil qiladi. Ronaldu "Yuventus"ga o'tib, katta maosh olayotgan bo'lsa ham bu Messining "Barselona"dagi ish haqidan kam. Ammo Krishtianu boshqa tomondan ustun. Marketing foydasi bo'yicha hech kim undan o'zib keta olmaydi.


Ijtimoiy tarmoqlar

Ronalduning Instagram akkauntida 179 mln. follover mavjud, Twitter sahifasida esa 80 mln.ga yaqin. Hookit tadqiqotlariga ko'ra, Ronaldu faqat ijtimoiy tarmoqlardan topgan mablag'i 474 mln. dollarni tashkil qiladi. Uning akkauntidagi bitta reklama posti 975 ming dollar turadi.


Homiylar

Ronalduning Nike kompaniyasidan oladigan yillik daromadi 23 mln. dollarga teng. Armani brendi ham portugaliyalik bilan hamkorlik qiladi va bir yilda Krishtianu hisobiga million dollar o'tkazib beradi. Ronaldu o'zining CR7 brendi ostidagi kiyimlar sotuvidan 10 mln. dollar ishlab topadi. Reklama shartnomalaridan tushadigan umumiy daromad 47 mln. dollarni tashkil qiladi.

Ronalduning yillik daromadi 116 mln. dollarga etdi. Ammo futbolchi bu pullarni tekstda ko'rsatilgan manbalardan oladi. Balki ular yanada ko'proqdir. Tinimsiz mehnat qilayotgan portugaliyalik endi pul haqida bosh qotirmaydi.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика