So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  85 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Ronaldudan ibrat olgan bezori Yangiliklar

Ronaldudan ibrat olgan bezori

Napolining bugungi natijalarida yangi futbolchi - Arkadiush Milikning hissasi salmoqli bo'lyapti.

Yuventusga sotib yuborilgan Gonsalo Iguain o'rniga olingan polshalik hujumchi o'zi uchun sarflangan 35 mln. evroni to'la-to'kis oqlamoqda - dastlabki 5ta uchrashuvda 3 marta dubl-ga erishdi. Vaholanki, neapolliklar Milik transferiga Iguain uchun olingan mablag'ning uchdan bir qismini berishdi, xolos. Taqqoslash uchun aytsak, argentinalik hujumchi o'tgan mavsumning 5ta uchrashuvida 4ta gol urgandi. Mayli, matematikani bir chetga suraylikda, A seriyasining yangi yulduzi qaerdan paydo bo'lgani haqida gaplashaylik.

Ota o'rnini bosgan murabbiy

Oila boshlig'i uyga hushyor qaytgan kunlar Miliklar xonadoni uchun chinakam bayram edi. Zero, Arkadiushning otasi doimo ko'chadagi daydi ichuvchilar bilan ulfatchilik qilar, bir necha yilga cho'zilgan bu yoqimsiz jarayon oxir-oqibat, oilaning parchalanishiga olib kelgandi. Umuman, piyonista ota olamdan o'tganida, Arkadiush atigi 6 yoshda edi. Xullas, u va 8 yosh katta akasining tarbiyasi yolg'iz ona zimmasiga tushgandi. Onaizor farzandlari loaqal och qolmasliklari uchun har kuni 12 soatdan ishlardi. Mehribon ona etiboridan butunlay mahrum bo'lgan bolakay esa kun bo'yi mo'jazgina Tixa shaharchasi ko'chalarida tentirab yurar, qo'lbola papiroslardan tatib ko'rardi. Eng yomoni, Arkadiush do'konlardan mayda-chuyda narsalarni o'marishga odatlanib, asta-sekin daydi-bezoriga aylanadi. SHunday kunlardan birida Arkadiushning akasi bilan to'p o'ynayotgani va kuchli zarba yo'llagani futbol murabbiyi Slavomir Mogilan etiborini tortadi. Agarda qo'shni uyda istiqomat qiladigan shu mutaxassis unga beparvo qaraganida, ehtimolki, Napoli bugun shunday ajoyib hujumchiga ega bo'lmasmi-di? Slavomir aslida Miliklar oilasining muammolaridan xabardor bo'lsada, oldinroq biror yordam berolmagandi. CHunki viloyat markazida Arkadiush yoshiga mos jamoa yo'q edi. Biroq bolakayning onasi bezori o'g'li bilan alohida shug'ullanishini iltimos qilgach, murabbiy bir ilojini topib, Arkadiushni o'zidan kattaroq - 1991 yilda tug'ilgan bolalar guruhiga joylashtiradi.

Qarangki, yosh o'rtasidagi farq (16 yil) bezori va murabbiyning apoq-chapoq bo'lib ketishlariga xalal bermadi. Ular maktabdagi umumiy mashg'ulotlardan keyin qo'shimcha mashqlar o'tkazishar, hattoki, dam olish kunlari ham astoydil ter to'kishardi. SHu zayl 11 yil hamkorlik qilishdi va Milik 17 yoshga to'ldi. Nimaga erishgan bo'lsam, barchasi shu murabbiy tufayli yuzaga keldi. Muhimi, u meni bezorilar to'dasidan xalos etib, hayotimni saqlab qoldi, chinakam insonga aylantirdi. Slavomir tasirida futbolga mehr qo'yganimni ochiq tan olaman,- deydi Arkadiush. Ammo Mogilanning o'ziga Milikni tarbiyalagani, otasi o'rniga otalik qilgani haqida gapirilsa, u samimiy tabassum bilan kamtarona javob qaytaradi: Yo'q, shunchaki, insofli kishiga xos ish qildim. Harqalay, Arkadiush muvaffaqiyatlarga o'z mehnati evaziga erishdi.

Ishonch bildirgan murabbiy

O'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda doimiy to'purarga aylangan Milik 17 yoshida Tottenxemdan taklif oldi. Biroq o'shanda onasi va akasidan olisda yashashga tayyor emasdi. SHu bois, taklifga qiyo ham boqmadi. O'z yurtida esa, hozirda Polsha termasiga ustozlik qilayotgan Adam Navalkaning sobiq klubi - Gurnik boshqalarga ko'ra, faolroq harakatlandi. Professional jamoa safiga qo'shilish Arkadiush uchun chinakam baxt edi. To'g'ri, u avvaliga o'z o'yinini topib olishda rosa qiynaldi. Lekin Navalka yigitchaning xato va kamchiliklariga ortiqcha etibor qaratmadi. O'zingiz o'ylang, qatorasiga 17ta o'yinda gol urolmagan hujumchiga ishonch bildiraverish uchun katta jasorat kerak. Xullas, Navalka tribunalar hayqirig'iga parvo qilmadi, aksincha,  Arkadiushdan doimo oilasidagi holat, qay tarzda hayot kechirayotgani va shifokor ko'rigiga borgan-bormagani xususida so'rab turdi. Milik oxirgi marta 2 yil avval stomotolog huzurida bo'lganini eshitganida esa, Navalka shunchaki, chidolmadi: Bunday etiborsizlik organizmning yallig'lanishiga olib kelishi mumkin. Mana, malakali mutaxassisning manzili. Zudlik bilan uning qabuliga bor. Oradan 1,5 yil o'tgach, 11ta gol urgan hujumchini Bayer o'z tarkibiga qo'shib oldi. Gurnik esa transfer uchun 2,6 mln. evro oldi.

Murabbiy Bergkamp

Germaniyada Arkadiushning ishlari qovushmadi. Dortmund Borussiyasi uchun ishlaydigan selekcioner Artur Platekning fikricha, Milik moslashish masalasida hech qanday muammoga duch kelgan emas. Bar-cha omadsizliklar  hujumchining o'z iqtidori bilan cheklanib qolganiga bog'liq edi: U asosan chap oyog'ini ishga soladi. Deylik, darvozaga ters turgan holda, to'pni qabul qilganidan keyin avvalo, chap tomonga yuguradi. Raqibni aldab o'tgach, qaysi tomonga buriladi? Yana chap tarafga. Arkadiush shu o'ta jo'n harakatlari tufayli bundesligada himoyachilar qurboniga aylandi. Zero, raqiblar uning yo'nalishini oldindan bilardilar. SHu zaylda to'p surgan hujumchi Germaniya chempionatida atigi 2ta gol urdi. Futbolchini Augsburg zaxirasidan (Bayer ijara asosida berib yuborgandi) Ayaksga olib o'tishganida, Amsterdam hayratdan yoqa ushladi. Biroq hayronlik uzoq davom etmadi. CHunki polshalik hujumchi bilan shaxsan Dennis Bergkampning o'zi shug'ullana boshladi. Arkadiushning chap oyog'i ajo-yib xususiyatlarga ega. Bu oyog'i bilan juda kuchli va aniq zarba beradi. Har qanday masofadan, hattoki, o'ta noqulay vaziyatdan ham darvozaning istalgan nuqtasini nishonga olishiga allaqachon amin bo'ldim. Qolaversa, Milik doimo harakatda, bo'shliq izlash bilan band. Lekin kamchiliklari yo'q emas. Birinchi navbatda, o'ng oyog'idan ham unumli foydalanishni o'rganishi lozim,- degandi Bergkamp o'z vaqtida. Oxir-oqibat, gollandiyalik mutaxassis polshalik shogirdini o'ng oyoq bilan ko'proq ishlashga majbur etdi. Natijada Milik universal hujumchiga aylandi. Bergkamp bilan samarali hamkorlik - bu taqdirning tuhfasi! Biz uzoq vaqt darvozaga zarba berish texnikasi ustida ishladik. SHuningdek, to'pni olib yurish, uni nazorat qilish borasida ham. Dennis juda ko'p qimmatli maslahatlari bilan o'yin uslubimga sezilarli tasir o'tkazdi,- deydi Arkadiush.

Etalon nusxasi - Krishtianu Ronaldu

Milik aynan portugaliyalik yulduzga havas qilib, shu darajaga chiqqanini ham ochiq tan oladi: Bundan bir necha yil muqaddam Krishtianu Ronaldudan ko'p narsalarni o'rganishga qaror qilgandim. Unga o'xshash futbolchilar ijrosidagi  o'yinlardan shunchaki, ilhom olish lozim. Bolaligimda qanotlarda to'p surishni yoqtirardim. CHunki aynan shu hududlarda bo'shliqlar ko'proqdek tuyular, to'pni bemalol nazorat qilish, turli fintlar ko'rsatish mumkindek edi. Yana Ronaldu uslubi ham meni rom etgandi. Lekin vaqt o'tishi bilan o'rnim qanotlar emas, markazda ekanligi oydinlashdi. Yani shu poziciyada ko'proq manfaat keltirishimni angladim. SHundan keyin uslubim butunlay o'zgarib ketdi. Lekin Ronalduga havas so'nmadi, baribir.

J.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика