Ronaldu "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
03 mar 2021 18:23
Yangiliklar


Ronaldu "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
Hujumchi Krishtianu Ronaldu Turinning "Yuventus" klubi bilan yangi bitim imzolashi mumkin.
36 yoshli portugaliyalik futbolchi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashni xohlamoqda. Klub bu taklif borasida hali aniq javob bergani yo'q.
Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Krishtianu "Yuventus"da 2018 yildan beri o'ynaydi.
Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar