Ronaldu va "Yuventus" o'rtasida deyarli 20 millionlik mahfiy kelishuv bo'lgan. Bu ishni prokuratura ham o'rganmoqda
25 mar 2023 08:55
Yangiliklar
Ronaldu va "Yuventus" o'rtasida deyarli 20 millionlik mahfiy kelishuv bo'lgan. Bu ishni prokuratura ham o'rganmoqda
"Yuventus" koronavirus tarqalgan paytda bir necha futbolchi bilan kelishib olgan. Futbolchilar bir qancha vaqt o'tgandan so'ng pullarni norasmiy ravishda olish uchun maoshlarni pasayishiga rozi bo'lishgan.
Prokuratura tomonidan o'rganilayotgan moliyaviy firibgarliklar ishida Ronaldu bilan kelishuv ham bor.
2021 yilning 20 aprelida "Yuventus"ning yuridik bo'limi rahbari CHezare Gabiazo "Imzo chekishga tayyorlarning birinchisi - Krishtiano" deb yozgan.
Oradan uch kun o'tgach esa, klub kotibi Paolo Morganti o'sha guruh chatida "Krishtianu imzo chekdi. Unda barcha hujjatlar nushasi bor" deb yozgan. "Yaxshi!" deya javob qaytargan klubning o'sha paytdagi direktori Federiko Kerubini.
Prokuraturaning malumotiga ko'ra, Ronaldu bilan mahfiy kelishuvda 19,9 million evro haqida gap borgan.
Fikrlar