

- Sizni Germaniyadan bo'lmagan klublar bilan bog'lashmoqda? Bundesligada hamma ishni qildingiz. Yana orzular bormi?
- Yevropa va jahonning eng yaxshi klubida o'ynasang muvaffaqiyatli bo'la olishingni his qilasan. "Bavariya"da baxtliman.
Bu yerda hammasi yuqori darajada. "Bavariya"da hammasi oddiy - o'yinga e'tibor qaratib, muxlislar va jamoaga keragini berish lozim.
- Serxio Ramos va Krishtianu Ronaldu sizni "Real"ga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lgan ekan. Bu 2-3 yil oldin voqea. Haqiqatdan ham shunday bo'lganmi?
- Ha, ammo yuqori darajada o'ynasang hamma seni u erga yoki bu erga o'tishing kerakligini aytishadi, biroq bu men uchun muhim emas.
Ko'pchilik meni o'z jamoasida ko'rishni istaydi, ammo asosiysi men nima xohlayotganim va qanday qaror qabul qilishim. Hozir biror klubga o'tish haqida o'ylamayapman" - deydi Levandovski.



