So’nggi yangiliklar

00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  0 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  2 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  9 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  21 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  5 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  34

Ronaldu va Benzema "Arsenal"ga, Vardi "Real"ga o'tishi mumkin edi... Yangiliklar

Ronaldu va Benzema "Arsenal"ga, Vardi "Real"ga o'tishi mumkin edi...

SHu kabi ehtimoliy transferlar haqida eshitganmisiz?

2003 yil. Krishtianu Ronaldu — "Arsenal"

Sayyoraning eng yaxshi ikki futbolchisidan biri – Krishtianu Ronaldu 2003 yili "Arsenal" bilan shartnoma imzolashga juda yaqin keladi. Arsen Vengerning shaxsan o'zi ushbu transferga qiziqqan edi. 

Krishtianu uchun "Sporting" klubi va bir vaqtning o'zida 10 ga yaqin klub kurash olib borayotgandi. Portugaliya klubi uchun takliflar ichidan eng maqbuli London klubi edi. "Arsenal" Krishtianu uchun 4,5 million evro berishga rozi bo'lib turgandi. Arsen Vengerning so'zlariga qaraganda, KriRo shartnoma imzolash uchun hatto Londonga uchib kelgan. SHartnoma bandlarini kelishish chog'ida o'rtaga Fergyusonning "Manchester Yunayted"i qo'shiladi. "Qizil iblislar" "Sporting"ga 12 million evro taklif qilib, bo'lajak superyulduzni Manchesterga ko'chirib olib kelishadi.

2004 yil. Stiven Jerrard — "CHelsi"

2004 yilda "Liverpul" sadoqatli yarim himoyachisi Stiven Jerrard klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boshlaydi. Malumotlarga qaraganda, angliyalik futbolchi Londonning "CHelsi" klubiga borib qo'shilishga juda yaqin edi. 

Stiv Ji bilan Joze Mourinyuning shaxsan o'zi bog'langani, "CHelsi"da unga yaxshi taklif bor ekanligi haqidagi mish-mishlar urchigan. Ammo ayni shu mavsumda mersisaydliklar Rafa Benites bilan uzoq kutilgan chempionlikka erishishgan, yani "Liverpul" CHempionlar Ligasida g'olib bo'lgan. Jerrard esa klubda qolishini malum qilgan. 

Eslatib o'tamiz, Jerrard "Liverpul"da 2015 yilga qadar to'p tepgan.

2014 yil. Virjil van Deyk — "Kristal Pelas"

"Liverpul"ning ayni paytdagi "devori" Virjil van Deyk 2018 yilda mersisaydlar safiga kelib qo'shilishidan avval, 2014 yili "Seltik"dan "Kristal Pelas"ga o'tishi mumkin edi. "Pelas"ning o'sha mavsumdagi ustozi Nil Uornok niderlandiyalik futbolchini jamoaga olib kelishga harakat qilgan. London jamoasi "Seltik" klubiga 4 million evro taklif qilgan, ammo SHotlandiya jamoasi bunga rozilik bildirmagan. 

Uornok bu haqda shunday degandi: "2014 yili van Deyk "Kristal Pelas"ga o'tishini istagandik. Ammo bunday bo'lmadi. Agar himoyachi bizga o'tganida, hozir barchasi butkul boshqacha bo'lar edi".

SHuningdek, "Arsenal" ham Virjilga qiziqqan, ammo taklif yubormagan. Arsen Venger van Deykni yuqori darajaga ko'tarila olishi haqida fikr bildirgan edi. 2015 yilda futbolchi 6 million evroga "Sautgempton"ga o'tgan.

2015 yil. Karim Benzema — "Arsenal"

So'nggi yillarda ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Karim Benzema 2015 yilda "Arsenal" libosini kiyishi mumkin edi. London klubi hujumchiga 65 million evro taklif qilgan. Arsen Venger uni ikkinchi hujumchi sifatida klubga olib kelmoqchi edi. SHuningdek, franciyalik mutaxassis Benzemaning Mesut Ozil, Loran Koselni, Matyo Flamini, Fransis Koklen kabi futbolchilar bilan yaxshi tanish ekanligi uchun ham transferga amalga oshishiga ishongan. 

"To'pchilar" Madrid klubi bilan bog'lanib, transferni hal qilishga harakat qilishgan, biroq franciyalik forvard bu transferni rad etib, "Real"da qolishini malum qilgan. Malumot o'rnida, Karim Benzema "Real Madrid"ga 2009 yilda "Lion" klubidan kelib qo'shilgan edi.

2016 yil. Jeymi Vardi — "Real Madrid"

2016 yilda "Lester Siti"ning hayratlanarli natijasi butun futbol ommasini o'ziga qarata oldi. Ko'plab klublardan "Lester" futbolchilariga takliflar kela boshladi. SHu yilning yanvar oyida "Real Madrid" hujumchi Jeymi Vardiga jiddiy qiziqish bildirib, angliyalik futbolchini klubga jalb etmoqchi bo'ldi. 

Gonsalo Iguain jamoani tark etgach, hujum markazida muammolar borligi ko'zga tashlandi. Madrid klubi Vardi uchun "tulkilar"ga 30 million evroga yaqin pul berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Lekin Vardi "Lester Siti"dan boshqa hech qaysi klubda o'ynamasligini bildirgan. 

Eslatib o'tamiz, Jeymi Vardi faoliyatini Angliyaning 8-divizionida boshlagan va 2008 yilda "Lester" klubi azosiga aylangan.

SHuhrat Homidov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика