Ronaldu va 9 futbolchi Portugaliyaga uchmadi
11 dek 2022 15:28
Yangiliklar
Ronaldu va 9 futbolchi Portugaliyaga uchmadi
Portugaliya termasi JCH-2022dagi ishtirokdan keyin to'liq tarkib bilan Lissabonga qaytmadi.
Portugaliya futbol federaciyasi malumotiga ko'ra, faqatgina 14 futbolchi Marokashga qarshi o'yindan keyin terma bilan birga qaytgan. Jarohatlangan Nunu Mendesh hamda Danilu Pereyra PSJ ixtiyoriga topshirilgan.
10 futbolchi oilasi bilan Qatarda qolishga ruxsat so'ragan. Ularning tarkibiga ushbu futbolchilar kiradi: Krishtianu Ronaldu, Diogu Dalot, Bernardu Silva, Ruben Nevesh, Brunu Fernandesh, Rafael Leau, Joau Kanselu, Ruy Patrisiu, Rafael Gerreyru va Mateush Nunesh.
Ular kichik tatildan keyin o'z klublari ixtiyoriga qaytishadi.
Fikrlar