Ronaldu Turinni tark etdi
10 mar 2020 10:37
Yangiliklar
Hujumchi 3 mart kuni insultni o'z boshidan o'tkazgan 65 yoshli onasining oldiga qaytdi. 35 yoshli Ronaldu xususiy samolyotda 9 mart kuni Portugaliyaga uchib ketdi. Xabarlarga ko'ra, uning to'rtala farzandi ham o'yinchi bilan birga bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte Italiyada barcha sport tadbirlari to'xtatilganini elon qilgan edi. Koronavirusning mamlakatda tarqalishi davom etmoqda.
26 turdan so'ng, "Yuventus" A Seriyada reytingini boshqarib turibdi. Turinliklar 17 mart kuni o'z maydonlarida CHempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvi doirasida "Lion"ni qabul qilishlari kerak edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar