So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Ronaldu tanqidchilarga: "Davom etavering. Men gapirmayman va baribir g'alaba qozonaman" Yangiliklar

Ronaldu tanqidchilarga: "Davom etavering. Men gapirmayman va baribir g'alaba qozonaman"

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida o'zini tanqid qilganlarga qanday munosabatda bo'lishi haqida gapirdi.

"Jamoaga qachon himoyada yordamim kerakligini bilaman. Lekin klubdagi asosiy vazifam - jamoaga g'alaba taqdim etish va gol urishga yordam berish, himoyaviy harakat - ishimning bir qismi.

Bazilar buni ko'rishni xohlamaydilar, chunki ular meni yoqtirmaydilar. Lekin haqiqatan ham, men 36 yoshdaman, o'zim istagan sovrinlarni qo'lga kirityapman, shu bois men haqimda yomon gapiradigan odamlardan nega xavotirlanishim kerak?!

Kechasi yaxshi uxlayman. Toza vijdon bilan yotaman. Siz esa o'z ishingizda davom etasiz, chunki men gapirmayman va baribir g'alaba qozonaman.

Tanqid biznesning bir qismidir. Bu meni bezovta qilmaydi. Rostini aytsam, tanqid yaxshi deb o'ylayman. Agar bu odamlar men haqimda qayg'urishsa yoki men haqimda gapirishsa, demak, ular mening potencialimni, futbolda nimalarga qodirligimni bilgani uchun gap tarqatishadi. Demak, bu ijobiy jihat.

Sizga bir misol keltiray: agar siz maktabning eng zo'r o'quvchisi bo'lsangiz va eng yomon o'quvchilardan sizni yoqtirish-yoqtirmasligini so'rashsa, ular yoqmaydi deb javob berishadi", - deydi 36 yoshli portugaliyalik forvard.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика