Ronaldu Portugaliya termasining navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi
05 mar 16:59
Yangiliklar
Ronaldu Portugaliya termasining navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi va va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mushak jarohatini oldi va 2 haftadan 4 haftagacha maydondan chetda qolishi mumkin.
Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ushbu jarohat tufayli 41 yoshli forvardning Portugaliya termasining navbatdagi yig'inida ishtirok etishi so'roq ostida. Portugaliya terma jamoasi yig'in doirasida Meksika va AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirgan.
Yaqin vaqt ichida Ronaldu qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan o'tadi — jarayon tiklanish muddatini aniq belgilab beradi.
Avvalroq uning jarohati haqida malumot berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar