Ronaldu Peresdan "Real"ning g'alaba rejasini talab qildi
21 may 2015 17:43
Yangiliklar


Ronaldu Peresdan "Real"ning g'alaba rejasini talab qildi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubdagi ko'p narsadan ko'ngli to'lmayapti.
Malumotlarga ko'ra, portugaliyalik "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashgan va o'zining havotirlari haqida so'zlab bergan. Ronaldu jamoaning o'yiniga katta xissa qo'shayotgani to'g'risida aytgan. Bundan tashqari, 30 yoshiga atalgan tug'ilgan kundan so'ng paydo bo'lgan tanqidlarda klub uni himoya qilmagani borasida takidlagan. Futbolchi Peresdan "Real"ning g'alaba rejasini talab qildi.
Ronalduda PSJdan taklif bor, ammo u ispan grandida qolmoqchi.

Fikrlar