Ronaldu "Nyukasl" darvozasiga ikkinchi golni urishdan oldin soatiga 32,5 km tezlikni qayd etgan
13 sen 2021 19:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657649_original.jpg)
![](/upload/storage/657649_220.jpg)
Ronaldu "Nyukasl" darvozasiga ikkinchi golni urishdan oldin soatiga 32,5 km tezlikni qayd etgan
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasining 4-turida "Nyukasl"ga (4:1) qarshi ikkinchi gol oldidan 32,5 km/soat tezlikka erishdi.
Avgust oyining so'ngida joriy mavsumda Premer-liganing eng tezkor o'yinchisi "Sautgempton" hujumchisi Adam Armstrong edi — soatiga 35,65 km. Ikkinchi o'rinda "Vulverxempton" futbolchisi Adam Traore qayd etilgan — 35,6 km/soat.
Eslatib o'tamiz, Angliyaga qaytganidan keyingi ilk uchrashuvida portugaliyalik forvard dubl qayd etdi. Krishtianu 2003–2009 yillar mobaynida "Manchester Yunayted"da o'ynagan. 36 yoshli portugaliyalik hujumchi o'tgan mavsumda 29 ta gol urib, Italiya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar