So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  2 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  3 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  6 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

Ronaldu nafaqat futbolda, balki "Instagram" tarixidagi eng yaxshilardan biri Yangiliklar

Ronaldu nafaqat futbolda, balki "Instagram" tarixidagi eng yaxshilardan biri

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
"Instagram" ijtimoiy tarmog'i tarixidagi eng ko'p layk yig'gan 20ta postning 7tasi "Yuventus" super yulduzi Krishtianu Ronalduga tegishli.

2 kun oldin Ronaldu "Yuventus" formasida ilk suratini yukladi. Oq-qora futbolka va "Forza Juve!" so'zi obunachilarni (ular 136 mln. nafar) aqldan ozdirdi va 48 soat ichida bu post 11,4 mln. layk yig'di. Bu biz uchun fantastikadek ko'rinishi mumkin, ammo Krishtianu bunga o'rganib qolgan. "Instagram" tarixidagi eng ko'p layk yiqqan postlar orasida Ronalduning 7ta surati bor ekan.


"Instagram" tarixidagi eng mashhur 20ta post:


20. Amerikalik model Kayli Jennerning tug'ruqdan keyingi ilk surati (9,2 mln. layk)

19. Krishtianu va Rikardu Kuarejma Eronga qarshi bahsdan bir kun oldin (9,3 mln.)


18. Ronaldu beshinchi CHempionlar ligasi kubogi bilan (9,4 mln.)


17. Kayli Jenner qizining uchinchi surati (9,5 mln.)

16. Xonanda Selena Gomes Jastin Biberni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi (9,5 mln.)

15. Ronaldu o'g'lini 8 yoshga kirgani bilan qutladi (9,6 mln.)


14. Lionel Messi JCH-2018da Nigeriya darvozasiga urgan golini nishonlamoqda (9.8 mln.)

13. Ronaldu ispanlarga qarshi bahsda xet-trik qayd etganidan so'ng (9.9 mln.)


12. Reper XXXTentacion o'limidan oldin tarmoqqa joylagan so'nggi surati (10,1 mln.)

11. Beyonse egzaklarining ilk surati (10,3 mln.)

10. Aktyor Dueyn "Qoya" Jonson ilk marta qizi Tiana suratini ko'rsatdi (10,4 mln.)

9. Selena Gomes buyrak transplantaciyasi haqida aytdi (10,6 mln.)

8. Kayli Jenner homiladorligi haqida elon qildi (10,6 mln.)

7. Ronaldu o'g'li va sevgan qizi bilan tatilda (11,1 mln.)


6. Beyonse homiladorligi haqida malum qildi (11,2 mln.)

5. Ronaldu qizi tug'ilganini aytdi (11,4 mln.)


4. Ronaldu "Yuventus"ga o'tganini elon qildi (11,4 mln.)


3. Kanadalik xonanda Jastin Biber model Xeyli Bolduin bilan unashtirilganini malum qildi (12,7 mln.)

2. Kayli Jenner qizining ikkinchi surati (13 mln.)

1. Kayli Jenner qizining birinchi surati (deyarli 18 mln.)

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика