Ronaldu: "MYU Liga kubogini yutishi mumkin, ammo ECHL, Evropa Ligasi yoki APL – qiyin masala"
11 sen 23:29
Yangiliklar
Ronaldu: "MYU Liga kubogini yutishi mumkin, ammo ECHL, Evropa Ligasi yoki APL – qiyin masala"
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" jamoasining hozirgi va kelajakdagi holati haqida gapirdi.
"Ishonamanki, klubning kelajagi yorqin bo'ladi. Bunga ishonaman. Biroq, hammasi faqat iqtidorli yigitlarga bog'liq emas. Masalaning ko'lami juda keng. Gap klubning o'zida. Barchasi klubning qanchalik bir butun ekanligiga bog'liq. Tushuntira oldimmi?
Ular barchasini eng boshidan qurishlari kerak. Buni qilishmasa, boshqalar bilan raqobat qilib bo'lmaydi. Raqobat shunchaki ilojsiz bo'lib qoladi.
MYU yaxshi natijalarga erishishi mumkin, ha, Angliya liga kubogini yutishi mumkin, ammo men ECHL, Evropa ligasi yoki APL haqida gapiryapman. Bu qiyin masala. Bu shaxsiy fikrim, gapim xato chiqsa, xursand bo'lardim. Lekin bu juda qiyin masala", -deydi Krishtianu Ronaldu.
Fikrlar