Ronaldu "Man Siti"ga o'tish variantini o'rganmoqda. U klub futbolchilari bilan gaplashishga ham ulgurgan

Aslanov Jasurbek
24 avg 2021, 23:46
Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ni tark etish niyatida.

Futbolchi Turin klubini tark etish borasidagi qarorini yaqinlariga ma'lum qilgan. 36 yoshli o'yinchi sanoqli klublargina uni o'z safiga qo'shib olishga qurbi yetishini tushunib turibdi. 

Hozirda Krishtianu "Manchester Siti" variantini o'rganish bilan band. U "Siti" futbolchilarining bir nechtasi bilan jamoadagi ahvol haqida suhbatlashishga ham ulgurgan. 

Avvalroq, Ronalduning agenti mijozining xizmatlarini "Manchester Siti"ga taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe