Ronaldu Levandovskiga etib oldi
20 dek 2020 07:56
Yangiliklar
Ronaldu Levandovskiga etib oldi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2020 kalendar yilida Evropaning top-5 chempionatlarida to'purarlikni qo'lga kiritish imkoniyatini saqlab turibdi.
Italiya A seriyasining 13-turida “Parma”ga (4:0) qarshi bellashuvda “dubl”ga erishgan Ronaldu 2020 yilda urilgan gollari sonini 32 taga etkazdi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga etib oldi. Ammo “Bavariya” joriy yilda o'zining so'nggi uchrashuvini o'tkazib bo'lgan bo'lsa, “Yuventus” 22 dekabr kuni A seriya doirasida “Fiorentina”ga qarshi maydonga chiqadi.
Joriy mavsumda Ronaldu “Yuventus” safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Bavariya”dagi hamkasbi esa myunxenliklar tarkibida 18 ta uchrashuvda 20 ta gol urib, 5 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar