Ronaldu: “Kurashamiz”
23 mar 2022 08:35
Yangiliklar
Ronaldu: “Kurashamiz”
JCH-2022 pley-offidan o'rin olgan Turkiyaga qarshi bahs oldidan Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronaldu o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Barchaning etibori 2022 yilgi mundialga qaratilgan. Doimgidek, Portugaliya sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman. Oson bo'lmasligini tushunamiz, biz kabi bir maqsadni ko'zlagan raqiblarga katta xurmat bilan qaraymiz.
Ammo biz Portugaliya munosib o'rnini egallashi uchun birgalikda kurashamiz. Keling, buni uddalaylik!”, deya ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga post joylagan 37 yoshli hujumchi.
Portugaliya – Turkiya o'yini 24 mart kuni Portudagi “Dragau” stadionida o'tkaziladi. G'olib jamoa Italiya – SH.Makedoniya juftligida g'alaba qozongan terma bilan to'qnashadi.
Fikrlar