Ronaldu – klub miqyosida 700 ta gol urgan tarixdagi ilk futbolchi!
10 okt 2022 08:45
Yangiliklar


Ronaldu – klub miqyosida 700 ta gol urgan tarixdagi ilk futbolchi!
Angliya chempionati 10-turida “Manchester Yunayted” safarda “Everton”ni 2:1 hisobida engishga erishdi.
Uchrashuvda g'alaba golini esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Krishtianu Ronaldu urishga erishdi. Bu 37 yoshli portugaliyalikning klub miqyosida urgan yubiley 700-goli bo'ldi:
“Real Madrid” – 450 ta gol;
“Manchester Yunayted” – 144;
“Yuventus” – 101;
“Sporting” – 5.
Ronaldu bunday natijaga erishgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. SHuningdek, Krishtianu qatorasiga 20 mavsumdan beri milliy birinchiliklarda to'p kiritib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar