Ronaldu Kezaning "Yuventus"ga o'tishini xohlamoqda, Sarri esa bunga qarshi (Calciomercato)
22 may 2020 00:04
Yangiliklar


Ronaldu Kezaning "Yuventus"ga o'tishini xohlamoqda, Sarri esa bunga qarshi (Calciomercato)
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Fiorentina" hujumchisi Federiko Kezani Turinda ko'rishni istayapti.
Manbada aytilishicha, portugaliyalik 22 yoshli futbolchining transferiga o'z hissasini qo'shishga tayyor va klub rahbariyatini bu kelishuvni amalga oshirishga ko'ndirmoqchi.
SHu bilan birga, "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri italiyalik futbolchini sotib olishga qarshi va mablag'ni boshqa transferlarga yo'naltirish istagida.
Takidlanishicha, "Fiorentina" Keza uchun 60 million evro talab qiladi.
Avvalroq, "Yuventus" Keza bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani va "Fiorentina" egasi Rokko Kommisso futbolchini Turinga qo'yib yuborishga rozi bo'lganligi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu mavsumda Keza Italiya chempionatida 23 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar