Ronaldu kelganiga qaramay, Xoland MYUning asosiy maqsadi bo'lib qolmoqda
01 sen 2021 19:42
Yangiliklar


Ronaldu kelganiga qaramay, Xoland MYUning asosiy maqsadi bo'lib qolmoqda
"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli norvegiyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu sotib olinganiga qaramay, "qizil iblislar"ning asosiy maqsadi bo'lib qolmoqda.
SHuningdek, "Manchester Siti", "Real", "Bavariya" hamda PSJ Erlingni qo'lga kiritmoqchi.
Rayola 21 yoshli Norvegiya terma jamoasi futbolchisining yiliga 50 million evro maosh olishini, o'ziga esa 40 mln olishni xohlayotgani aytilgandi.
Xolandni xarid qilish huquqi keyingi yili 75 mln evroni tashkil etadi va bu narx bonuslar hisobiga 90 mlngacha chiqishi mumkin.
Forvard Bundesliganing joriy mavsumida 3 ta o'yinda 3 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar