Ronaldu jamoadoshlaridan uzr so'ramadi
21 noy 2019 23:11
Yangiliklar


Ronaldu jamoadoshlaridan uzr so'ramadi
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi A Seriya 12-turi doirasidagi "Milan"ga (1:0) qarshi bahsda o'zini yomon tutgani bois jamoadoshlaridan kechirim so'ramadi.
O'sha uchrashuvning ikkinchi bo'limida zahiraga olingan portugaliyalik futbolchi final hushtagi chalinmasidan oldin stadionni tark etgandi. La Gazzetta Dello Sport nashrining xabariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari oldida o'sha holatni izohlamagan va ulardan uzr ham so'ramagan.
Takidlanishicha, "Yuventus"ning boshqa futbolchilari bu masalaga etibor qaratmoqchi emaslar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar