Ronaldu ilk bor ketma-ket 2 ta finalda yutqazdi
18 iyu 2020 09:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/574971_original.jpg)
![](/upload/storage/574971_220.jpg)
Ronaldu ilk bor ketma-ket 2 ta finalda yutqazdi
“Yuventus” Italiya Kubogi finalida “Napoli”ga penaltilar ceriyasida mag'lub bo'ldi.
Bu Turin klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu uchun ketma-ket 2 ta final bahsining boy berilishi bo'ldi. Portugaliyalik futbolchi “Yuve” bilan avvalroq Italiya Superkubogi finalida “Lacio”ga (1:3) yutqazgandi. Bunday holat Ronaldu bilan ilk bor ro'y berdi.
SHuningdek, “Yuventus” ketma-ket ikkinchi mavsum Italiya Kubogini qo'lga kirita olmadi. 2018/19 yilgi mavsum kubok bahslarida turinliklar 1/4 finalda “Atalanta”ga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashgandi.
Ungacha esa Turin klubi ketma-ket 4 marta musobaqa g'olibi bo'lgan (2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar