So’nggi yangiliklar

21:47ЕЧЛ. "Барселона" – "Бенфика". Таркиблар аниқ!  3 21:26"Сурхон" Термизда таништирув маросими ўтказди  3 21:15АПЛнинг учта гранд жамоаси Рафиньяни сотиб олмоқчи  2 20:50Артета АПЛ ёки ЕЧЛдан қайси бирини ютишни кўпроқ хоҳлайди?  1 20:25"Манчестер Сити" Флориан Вирц билан музокараларни бошлади  3 19:59Ван Дейк - ПСЖ билан ўйин ҳақида: "Умид қиламанки, "Ливерпуль" Чемпионлар Лигаси чорак финалига чиқади"  1 19:31Клопп ўзининг энг катта трансфер хатосини айтди  1 19:08Гвардиола Родрига ўринбосар топди  1 18:44"Реал" Модрич ўрнига ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  9 18:20Дарвин Нуньес "Ливерпуль"дан хафа  11 17:58Погба дисквалификацияни ўтаб бўлди ва майдонга қайтиши мумкин  8 17:26Суперлига. 3-тур ўйинлари бошланиш вақтлари  1 17:01МЮ 2 млрд фунт эвазига 100 000 ўринли янги стадион қурилишини эълон қилди  10 16:37Муҳаммад Салоҳ "Барселона"га ўз хизматларини таклиф қилди  22 16:01Ўзбекистон U-23 термаси Хитойда, унинг захира жамоаси эса Туркиядаги халқаро ўйинлар ўтказади  9

Ronaldu: "Hozirgi yoshlar tanqidni qabul qila olishmaydi" Yangiliklar

Ronaldu: "Hozirgi yoshlar tanqidni qabul qila olishmaydi"

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlariga bergan maslahatlari haqida gapirdi.

"Etuk futbolchilar, yoshi kattaroq futbolchilar har doim yosh futbolchilarga yordam bera oladi. To'g'ri, buning o'ng'aysiz jihatlari ham bor. Masalan, Men maslahat beraman, lekin siz amalda qo'llamasangiz, bir pul.

Siz kun bo'yi kim bilandir gaplashishingiz mumkin. Agar unda jo'yali fikr bo'lmasa, biror o'zgarish bo'lishi qiyin. Yodimda, 18, 19, 20 yoshimda men bilan yoshi kattaroq futbolchilar suhbatlashishardi.

Men o'zimga shunday derdim: "Krishtianu, o'z ustingda ishlashing kerakligini bilasan. Ular sendan ko'ra ko'proq narsani biladi, sendan ko'ra tajribaliroq". Ular ko'p narsalarni boshdan kechirgan.

Biroq hozirgi yoshlar tanqidni qabul qila olishmaydi. Buni futbolchilarimizga nisbatan emas, umuman olganda, barchaga nisbatan aytyapman. CHunki mening ham bolalarim bor, nima haqida gapirayotganimni yaxshi bilaman. Bazida biroz qattiqroq munosabatda bo'lsangiz, ular buning aksini qiladilar. Suhbat davomida muvozanatni to'g'ri ushlashingiz kerak.

Mening fikrimcha, asosiysi, hamma narsa chin yurakdan gapirilishi lozim. Siz o'zingiz bilan faxrlanishingiz kerak, oynaga qarang va ayting: "Quloq sol, men borimni berdim". Buni hammamiz bajarishimiz shart deb o'ylayman.

Yangi yilda yangi sahifani varaqlayapmiz. Bizda g'alaba qozonish uchun ko'p narsa bor. Bunga ishonishimiz kerak, aksincha bo'lsa, dahshatli tushga aylanadi.

SHaxsiyat — bu asosiy narsa. Biz yordam berish uchun shu erdamiz. Agar kimdir mening yordamim, qo'llab-quvvatlashim, maslahatimga muhtoj bo'lsa, men eng birinchi bo'lib yordam qo'lini cho'zaman. Ammo yordamim kerak bo'lmasa, o'z ishing bilan shug'ulla, o'zligingni angla va jamoaga qo'ldan kelgancha yordam ber deyman, — dedi Ronaldu.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика