Ronaldu: "Hakam Serbiya darvozasiga penalti qo'ymadi"
26 mar 2019 11:07
Yangiliklar
Ronaldu: "Hakam Serbiya darvozasiga penalti qo'ymadi"
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Serbiyaga qarshi bo'lib o'tgan Evro-2020 uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi. Gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Uyda o'tkazgan ikkita o'yinimizda durang qayd etildi. Bugun Ukrainaga qarshi bahsdagidan yaxshiroq harakat qildik.
Ko'p vaziyatlar yaratdik, g'alaba uchun hamma narsani qildik, ammo 3 ochko olishni uddasidan chiqmadik. Hakam raqib darvozasiga penalti qo'ymadi. Agar barcha turnirlarda VAR bo'lsa, nega uni Evropa chempionati saralash bosqichida qo'llashmaydi? Bu g'alati. Bizga toza penaltini berishmadi. Referi 40 metr uzoqlikdagi yordamchisi bilan gaplashmay, penalti belgilashi kerak edi" - deydi Ronaldu.
Fikrlar