Ronaldu gollar bo'yicha Pushkashga etib oldi, oldinda esa Pele va yana 2 futbolchi bor
12 noy 2020 19:15
Yangiliklar


Ronaldu gollar bo'yicha Pushkashga etib oldi, oldinda esa Pele va yana 2 futbolchi bor
Portugaliya termasi o'rtoqlik bahsida Andorrani tor-mor (7:0) keltirdi.
Zaxiradan o'yinga tushib, raqib darvozasini ishg'ol etgan Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 746-golni o'z hisobiga yozdirdi. U makzur ko'rsatkich bo'yicha vengriyalik taniqli forvard Ferenc Pushkashga etib oldi. Endi Ronaldu u bilan birga barcha davrlarning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida 4-o'rinni bo'lishib turibdi.
Krishtianu va Pushkashdan oldinda esa Pele (767 gol), Romario (772) hamda Yozef Bican (805) bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar