

Dunyoga mashhur Forbes nashri dunyoning eng ko'p haq to'lanadigan sportilari ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatni "Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu boshqarib turibdi. 2022 yilning 1 mayidan, 2023 yilning 1 mayiga qadar Ronalduning maosh va homiylardan olgan mablag'i 136 mln dollarni tashkil qilgan.
Quyida Forber talqini bo'yicha eng ko'p haq to'lanadigan sportchilar o'ntaligi bilan tanishing:
1. Krishtianu Ronaldu (futbol, "Manchester Yunayted" / "Al Nassr") – 136 mln dollar (sportda – 46 mln, sportdan tashqarida – 90 mln);
2. Lionel Messi (futbol, "PSJ") – 130 mln dollar (65+65);
3. Kilian Mbappe (futbol, "PSJ") – 120 mln dollar (100+20);
4. Lebron Djeyms (basketbol, "Leykers") – 119,5 mln dollar (44,5+75);
5. Saul Kanelo Alvares (boks) – 110 mln dollar (100+10);
6. Dastin Jonson (golf) – 107 mln dollar (102+5);
7. Fil Mikelson (golf) – 106 mln dollar (104+2);
8. Stefen Karri (basketbol, "Golden Steyt") – 100,4 mln dollar (48,4+52);
9. Rojer Federer (tennis) – 95,1 mln dollar (0,1+95);
10. Kevin Dyurant (basketbol, "Bruklin" / "Finiks") – 89,1 mln dollar (44,1+45).



