Ronaldu "Eybar"ga qarshi uchrashuvda o'ynay oladi
10 apr 2015 17:14
Yangiliklar


Ronaldu "Eybar"ga qarshi uchrashuvda o'ynay oladi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Eybar"ga qarshi Ispaniya chempionati 31-tur uchrashuvida ishtirok eta oladi.
Xabarlarga ko'ra, Ispaniya futbol federaciyasi "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda Ronalduning sariq kartochkasini bekor qildi.
O'sha uchrashuv hakami Krishtianu raqib jarima maydonchasi ichida yiqilganini simulyaciya deb hisoblab, futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan.
"Eybar"ga qarshi uchrashuv 11 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar