Ronaldu: "Edegorni ajoyib kelajak kutyapti"
23 jan 2015 14:14
Yangiliklar


Ronaldu: "Edegorni ajoyib kelajak kutyapti"
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 16 yoshli "Stryomsgodset" yarim himoyachisi Martin Edegorni "Qirollik klubi"ga o'tishini izohladi.
Edegor Norvegiyada 2014 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U o'tgan yili 15 yoshligida terma jamoada debyut qildi va hozirgacha 3ta uchrashuvda maydonga tushdi.
"U o'sishda davom etadigan yigit. Edegor endi 16 yoshga to'ldi. Uni ajoyib kelajak kutib turibdi. Biz unga o'sish va rivojlanish uchun vaqt berishimiz kerak" - deydi Ronaldu.

Fikrlar