Ronaldu Drogbaning rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
31 okt 2021, 08:15
APL 10-turida “Manchester Yunayted” ishonchli hisob (3:0) bilan “Tottenxem”ni taslim etdi.

“Qizil iblislar” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 39-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi va 64-daqiqada Edinson Kavanining goliga hammuallif bo'ldi.

Shu tariqa, Ronaldu Premer-liga doirasidagi bahsda gol+pasni o'z hisobiga yozdirgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 36 yosh 267 kunlik. U bu rekordni “Chelsi” sobiq hujumchisi Dide Drogbaga bilan bo'lishib turibdi. Eng qizig'i Drogba ham mazkur natijaga 36 yosh 267 kunligida erishgan 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com