Ronaldu diskvalifikaciyadan qutulib qoldi
21 mar 2019 21:10
Yangiliklar


Ronaldu diskvalifikaciyadan qutulib qoldi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ECHL doirasida “Atletiko”ga (3:0) qarshi bellashuvda nosportcha hatti-harakati uchun diskvalifikaciya qilinmaydigan bo'ldi.
34 yoshli portugaliyalik futbolchi madridliklar darvozasiga uchinchi golni kiritgach, pley offning birinchi bellashuvida madridliklar ustozi Diego Simone singari nosportcha hatti-harakatlari bilan nishonladi.
UEFA tartib-intizom qo'mitasi ushbu harakati uchun futbolchini diskvalifikaciya qilmaydigan bo'ldi. Ammo Simone singari “Yuve” hujumchisi ham 20 ming evro jarimaga tortildi.
SHu tariqa Ronaldu ECHL ¼ finalida “Ayaks”ga qarshi bellashuvda maydonga tushadigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar