Ronaldu CHLda ketma-ket ikki mavsumdan beri gol ura olmayapti: "Portu" va Atletiko"ga qarshi bahslardagi 390 daqiqa
16 mar 2022 16:53
Yangiliklar


Ronaldu CHLda ketma-ket ikki mavsumdan beri gol ura olmayapti: "Portu" va Atletiko"ga qarshi bahslardagi 390 daqiqa
Krishtianu Ronaldu CHempionlar Ligasi pley-offida ketma-ket ikki mavsumdan beri gol ura olmaydi.
"Manchester Yunayted" forvardi "Atletiko" (1:1, 0:1)ga qarshi turning 1/8 finalidagi ikki o'yinda ham gol ura olmadi. Javob bahsida esa zarba ham bermadi.
O'tgan yili "Yuventus"da o'ynagan portugaliyalik "Portu"ga musobaqaning ushbu bosqichida (1:2, 3:2 q.v.) gol ura olmagan edi.
SHunday ekan, Ronalduning hisobida CHempionlar Ligasi pley-offidagi so'nggi 4ta o'yinning 390 daqiqasida umuman gol yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar