Ronaldu: "Biz maxsus kecha uyushtirishni xohlagandik"
13 mar 2019 04:02
Yangiliklar


Ronaldu: "Biz maxsus kecha uyushtirishni xohlagandik"
ECHL. Ronaldu effekti: "Yuventus" juda xotirjam "kambek" amalga oshirdi
Uchrashuvda Krishtianu xet-trikka erishgan holda "Yuventus" jamoasini ECHL chorak finaliga olib chiqdi.
"Biz maxsus kecha uyuushtirishni xohlagandik. Bu faqat mening maqsadlarim uchun emas, balki butun jamoa uchun. Ushbu natija CHempionlar Ligasidagi o'yinga to'g'ri yondashuv va fikrlash natijasi hisoblanadi. SHuning uchun biz faxlanishimiz kerak.
Men faqat o'z ishimni qildim va juda xursandman. Balki, Allegri shuning uchun meni jamoaga taklif qilgandir. Ajoyib kecha bo'ldi. "Atletiko"ga qarshi o'ynash har doim qiyin bo'lib kelgan. Lekin, biz ham kuchli ekanligimizni isbotladik", — deya Ronalduning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
"Yuventus" o'z maydonida "Atletiko" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga erishdi va oqibatda turinliklar uchun chorak final eshiklari ochildi. Ronaldu esa "Atletiko"ga qarshi 33 o'yinda 25 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar