So’nggi yangiliklar

19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  3 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  1 18:49Маҳдавикия, Миладинович, Еличич, Зейтуллаев, Бердиев ва бошқалар Про лицензияси учун таҳсил олмоқда  1 18:27Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  4 17:58Тайёргарлик авжида: "Навбаҳор" ва "Андижон" ўртасидаги Ўзбекистон Кубоги финалини 3 та вилоят ҳокими стадионда томоша қилади  7 17:35Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: "Бу гуруҳдан иккинчи эмас, биринчи ўрин билан чиқамиз"   1 17:09"Қайрат" устози Иброҳимҳалил Йўлдошевни танқид қилди  4 16:41Кутганмидингиз? Тиниб-тинчимас Роналдудан навбатдаги рекорд!  7 16:17Футзал. Ўзбекистоннинг ЖЧ илк туридаги рақиби Нидерландия Тошкентга етиб келди  5 15:25Жалолиддин Машарипов ва Жамшид Искандеров билан қисқа интервью  2 14:58Championat.asia ва Transfermarkt август ойнинг энг яхшиларини аниқлади  8 14:39"Ҳумо Арена" тарихда илк бор футзал баҳсига мезбонлик қилди. Ўзбекистон – Бразилия тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:20Қирғиз Республикаси устози: "Эртага Ўзбекистон терма жамоасини ҳайрон қолдира оламиз"  21 13:48Сречко Катанец: "Фақат югураверишнинг фойдаси йўқ, ақлни ҳам ишлатиш керак"  16 13:23Шомуродовнинг клубдоши фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  4

Ronaldu bilan "qurollangan" "Yuventus"ni kim taxtdan tushiradi? - A Seriya yangi mavsumiga prevyu Yangiliklar

Ronaldu bilan "qurollangan" "Yuventus"ni kim taxtdan tushiradi? - A Seriya yangi mavsumiga prevyu

O'zgacha o'tishi kutilayotgan Italiya A Seriyasining yangi mavsumiga bugun start beriladi.

Dunyoning eng kuchli futbolchisini qo'lga kiritgan Italiya grandi - "Yuventus", ajoyib transfer kompaniyasini olib borgan "Inter", A Seriya mutaxassisi hisoblangan Anchelottini qo'lga kiritgan "Napoli" va maqsadi o'zgarmaydigan "Roma" ishtirokidagi bu yilgi Italiya chempionati o'zgacha o'tishi kutilmoqda. Avvalgidan boshqacha, bu galgisi o'zgacha bo'ladigan A Seriya.

Ronalduning kelishi chempionatga bo'lgan qarashni, munosabatni va qiziqishni oshirgani haqiqat. CHempionlik uchun yaqqol favorit o'sha "Yuventus". Raqobatchilari ham o'sha "Napoli" va "Roma". Qaddini ko'tarishi qiyin kechayotgan, ammo har yili bunga astoydil urinayotgan Milan klublari - "Inter" va "Milan". Rimda "Roma"dan ham boshqa, hamshaharlaridan ham kuchliroq jamoa borligini isbotlashga urinadigan "Lacio"ning yangi mavsumdan umidlari katta.

Skudettoning haqiqiy egasiga aylanib qolgan "Yuventus" chempion bo'lishdan zerikmaydi. Tarkib ham har yili o'zgaradi, ammo hecham kuchsizlanmaydi. Bu safar hammasi boshqacharoq, hali ko'p takidlanganidek, o'zgacharoq kechdi. Avvaliga Allegri jamoada olib qolindi. Keyinchalik Allergiga Pirlo, Vidal va Pogba ketganidan keyin doim muammo taqdim etgan markazga Jan tekinga taklif qilindi. Ikkinchi transfer sifatida portugaliyalik universal qanot futbolchisi Joau Kanselu "Yuventus" azosiga aylantirildi. Keyinchalik qanotga yana bir istedod sohibi Spinaccola olib kelindi. Afsonaviy Buffonning o'rnida "Yuve"ning ko'p yillik qalqoni bo'lish uchun "Jenoa"dan Mattia Perin sotib olindi. JCH tugash arafasida  Ronalduning transferi hamma joyda shovqin ko'tardi. Oxirgi transfer esa daydi o'g'ilning qaytishiga qiyoslangan Bonuchchiga yana "Yuventus" libosini kiydirish bilan tugadi.

O'tgan mavsum yakunlanishi oldidan jamoa afsonasi Jiji Buffon barchani ko'zlarini yoshga to'ldirib, "Yuve" bilan hayajonli xayrlashdi. Keyinchalik SHtefan Lixtshtayner erkin agent sifatida "Arsenal"ga yo'l oldi. Benedikt Xyovedes esa kutilganidek o'ynay olmagani uchun qaytarib yuborildi. Ko'p yillar "Yuve" uchun universal futbolchi bo'lib kelgan qanot o'yinchisi Kvadvo Asamoa "Inter"ga qo'yib yuborildi. Transfer dedlayn kuni esa yana bir "Yuventus" afsonasiga aylanib qolgan, ammo zaxirada qolib ketayotgan Klaudio Markizio bilan o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnoma bekor qilindi. Marko Pyaca hamda Stefano Sturaro ijaraga berib yuborildi. Bu orada jamoadan oxirgi yillarda "Yuventus"ning eng yaxshi to'purari bo'lgan Gonsalo Iguain hamda kelajak yulduzi bo'lishi kutilgan Kaldara "Milan"dan qo'nim topgandi.

Iguainning ketishi Ronalduning kelishi bilan bog'liq bo'lsa, ECHLda natijani ko'zlayotgan "Yuve" bugunni o'ylab, kelajakdagi "niholi"dan voz kechdi. Rugani va Kaldara variantidan "Yuventus" nisbatan xalqaro arenada tajribaga ega Danieleni tanladi.

Allegri qo'l ostida teng kuchli ikkita tarkibga ega quvvatlangan "Yuventus" mavjud. Allegrining asosiy missiyasi nafaqat har yili Italiyada bo'lgani kabi "oltin dubl" qayd etish, balki ECHLda ham nihoyat bosh sovrinni Turinga olib kelishdan iborat. Buni uddalash Massimilianoga oson bo'lmaydi. Ammo uning og'irini engil qilish uchun ham Ronaldu transferi amalga oshirildi. Ayni paytda dahshatli hujum chizig'iga ega "Yuventus"dan nafaqat A Seriya, balki butun evropa hayiqib turibdi. "Yuventus" Ronaldusiz ham har jihatdan A Seriyada tengsiz. Ronaldu esa Allegridek rang-barang taktik mutaxassis uchun haqiqiy desertga aylanadi. Bonuchchining qaytishi esa avvalgidek himoya chizig'idagi turli xil taktik eksperimentlarni qo'llash uchun imkoniyat taqdim etadi. Bu "Yuventus"ni taxtdan tushirish imkonsizdek ko'rinmoqda. Joriy mavsumda "Yuventus" A Seriyada faqatgina o'ziga-o'zi mag'lub bo'lishi mumkin. Boshqacha scenayriyni tasavvur qilishning o'zi qiyin. Ammo futbol kutilmagan syurprizlarni ham taqdim etib turish ehtimoligina chempionlik intrigasini butkul yo'qolib qolmasligiga umid berib turibdi.

Mauricio Sarri va Jorjinodan ayrilgan "Napoli"ni endi boy tajribaga ega "qariya tulki" - Karlo Anchelottini A Seriyaga qaytardi. Anchelotti Italiyadan so'ng "kuchli-beshlik"ni to'liq aylanib chiqdi. Avvaliga "CHelsi"ni Angliyada chempion qildi, keyin PSJ bilan Franciyada tengsiz bo'ldi. So'ngra Ispaniyaga "Real"ni boshqarish uchun yo'l oldi. Garchi La Ligada g'olib chiqolmagan bo'lsada, ammo Karlo tog'a "Real"ga uzoq kutilgan ECHLni olib berishga erishdi. Anchelottining oxirgi bekati Myunxen bo'ldi. "Bavariya" bilan Bundesligada chempion bo'lgan Anchelotti Germaniyada bir mavsumdan sal ko'proq ishladi. Endi esa Neapolda Sarridan qolgan merosni yaxshilab "jang"ga hozirlash arafasida. A Seriyada g'olib bo'lish sirini biladigan mutaxassisga bu gal oson bo'lmasligi aniq. "Napoli"da Karlo tog'a katta inqilob qilmasligi aniq. Anchelotti jamoani qayta qurishdan ko'ra, unga ishlov berishni xush ko'radigan murabbiy. Jamoa markazida Sarrining "erkatoyi"ga aylangan Jorjinoning ketishi tufayli Anchelotti bu nuqtada Gamshikni o'ynatadi. Ko'pchilik Anchelotti Gamshikdan yangi Pirlo kashf qilishini kutmoqda. Ammo Marekka yangi joyga o'rnashishi va ko'nikib olishi uchun malum vaqt kerak bo'ladi. Agarda hammasi Anchelotti o'ylaganidek va xohlaganidek kechsa, unda "Napoli"ning "Yuventus"ga taqdim etishi mumkin bo'lgan raqobati yanada jiddiylashadi. Karlo tog'a esa o'zining A Seriyadagi boy tajribasidan kelib chiqib, "Yuve"ga qanday raqobat qilish rejasini puxta hozirlamoqda. Neapolda aynan Anchelottining tajribasidan umid qilishmoqda.

Ikkita etakchi, chin manoda jamoa tayanchlariga aylangan Alisson va Naingolanning ketishi "Roma"ni keskin kuchsizlantirib yuborishini taxmin qilayotganlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ammo "Roma" aqlli yo'l tutgani va Alisson hamda Naingolanning ketishi rimliklarga hech qanday tasir ko'rsatmasligini aytayotganlar ham yo'q emas. Birinchisi kim bilmadim-u, ammo ulardan biri kaminaligi aniq. "Roma" Alisson va Naingolan fonida ikkita kuchli va etakchilaridan ayrildi. Buni inkor etib bo'lmaydi. Ammo ularni o'rniga jalb etilgan futbolchilarning potenciali "Roma"ni maqsadlarini o'zgartirmaslik uchun etarli, chamamda. Pastore va Ulsen ayni kerakli va munosib zaxira bo'ldi. To'g'ri, hozirgi paytda status borasida Pastore va Ulsen ketgan hamkasblari bilan raqobatlasha olmaydi. Lekin ular aynan Rimda yangi mavqei, yangi darajaga chiqish uchun imkoniyatga egalar. Pastore uchun A Seriya begona emas. Bu futbolchi aynan A Seriyada gullagan va o'zining eng yorqin damlarini o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. PSJda esa bor potencialini ko'rsatish uchun unda vaqt bo'ldi, ammo imkoniyat nisbatan kamroq taqdim etildi. Yana bir farqi, Pastore PSJda yulduzlar soyasida qolgan bo'lsa, "Roma"da yorqin yulduz bo'lish uchun unda yaxshigina imkoniyat mavjud. SHveciya terma jamoasi darvozasini mundialda munosib qo'riqlagan va olqishlarga sazovor bo'lgan Ulsen borasida ortiqcha tarifga hojat yo'q. Paytida Alisson ham "Roma"ga notanish darvozabon sifatida kelgan va qisqa fursatda yangi darajaga chiqa olgan kiper. Ulsenda ham kamida Alisson ko'rsatgan ishni takrorlash uchun sharoit va imkoniyat etarli.

SHuningdek, "Roma"ning tayanch zonasiga Nzonzini xarid qilgani Di Francheskoga tanlov imkoniyatini kengaytiradi. "Atalanta"dan ijaraga olingan Kristantening kelishi ham "Roma"ning transfer kompaniyasidagi eng alo ishlaridan biri bo'ldi. Pastore va Kristantening borligi hujum tashkil etishda kreativlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Kristante A Seriyadagi eng ko'p hujumga qo'shiladigan yarim himoyachi sanaladi. Uning samaradorligi ham yuqori ko'rsatkichga ega. Nzonzi tayanch zonasidan joy olsa, katta ehtimol - Nzonzi, Kristante va Pastore "uchligi" markazda asosiy figuraga aylanadi. Eysebio Di Franchesko esa o'zining ananaviy taktik sxemasidan voz kechmaydi. Hujumdagi "uchlik"da so'zsiz asosiy figura markazda o'ynaydigan Edin Jeko bo'ladi. Qanot vingerlari sifatida ikkita yosh istedodlar Under va Klyuyvert bo'lish ehtimoli yuqori. Ayniqsa Jastin Klyuyvertning transferi "Roma" uchun omadli bo'ldi. "Roma" oxirgi yillarda ko'plab bo'lajak yulduzlar uchun evropadagi haqiqiy tramplin vazifasini bajaruvchiga aylandi. Qisqasi, ko'pchilik Naingolan va Alisson ketishi natijasida "Roma"ga bepisand qarayotgan bir paytda, "bo'rilar" yangi mavsumda "ov"ga chiqishga jiddiy taraddud ko'rishmoqda. "Ov" qanchalik baroridan kelishini esa vaqt ko'rsatadi.

SHuni aytish kerakki, Ronaldu bilan "qurollangan" "Yuventus", Anchelottini A Seriyaga qaytargan "Napoli", eng sermahsul transfer kompaniyasini amalga oshirgan "Inter" va yangi mavsumdan umidlari katta "Milan" orasidan ikkinchi o'rinni olish ham "Roma" uchun muvaffaqiyatga aylanadi. "Kuchli uchlik"dan pastki o'rin esa so'zsiz inqiroz deganidir.

Luka Modrich transferini amalga oshirishga juda qattiq uringan, ammo bunga erisha olmagan "Inter" yangi mavsumda yuqori cho'qqini zabt etish harakatida. Luka Modrich bilan bu ish biroz osonlashgan bo'lardi. Ammo shunga qaramay, Spaletti jamoasi har bir poziciyada etarli malakaga ega ijrochilarni xarid qildi. Raqobat va tanlov borasida Spalettida muammo yo'q. Ikardi, Keyta va Perishich "uchligi" har qanday himoyaga tashvish tug'dirishga qodir. Keyta Balde uchun A Seriya havosi begona emas. Perishich Italiyaga ancha ko'nikib, yaxshigina moslashishga ham ulgurdi. Ikardi esa "Inter"ning "nayza"sining charxlangan o'tkir uchi. Mudofaa chizig'idan ham ko'ngil to'q. De Vrey, SHkrinyar hamda Miranda kabi himoyachilar A Seriya hujumchilariga engil nafas olishlariga yo'l qo'yishmaydi. "Yuventus"dan taklif etilgan Kvadvo Asamoa nafaqat universal futbolchi, balki skudettoni tamidan boxabar chempion sanaladi. "Inter"ga "Yuventus"ni ketma-ket sakkizinchi bor chempion bo'lishga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan potencial raqobatchi sifatida qaralmoqda. Spaletti esa qo'l ostidagi yaxshigina masallig'dan shirin taom tayyorlashga urinib ko'radi. Bu yo'lda ularga birgina jihat qo'shimcha muammo taqdim etishi mumkin - ECHL. Jamoa katta tanaffusdan so'ng ECHLga chiqdi va mazkur turnirga ham o'zgacha etibor qaratishiga to'g'ri keladi. Aynan shu omil "Inter"ni ichki chempionatdagi diqqatini jamlashga biroz to'sqinlik qilishi, jamoani uchta frontda kurashishi toliqib qolishga sabab bo'lishi mumkin. Agarda Spaletti bu borada oqilona rotaciyani amalga oshira olsa, unda muammo kamroq bo'ladi.

"Milan" yana qayta tiklanish mashqini qaytadan bajarib ko'rmoqchi. Bu gal Jennaro Gattuzo bilan bu amalga oshiriladi. Buni uddalash qanchalik o'xshaydi yoki yo'q, hozirdan bir narsa deyish mushkul. SHunisi aniqki, "Milan" oxirgi yillarda jamoaga etishmagan to'purarga ega chiqdi. "Yuventus"dan jamoaga gol mashinasi - Iguain taklif etildi. Mazkur transfer "Milan"ning yozgi transfer bozoridagi eng muhim va asosiy xaridi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Milan"ning himoya qurg'oni "moviy gvardiya"ning kelajagi sifatida qaralayotgan istedodlardan tashkil topgan. Ayniqsa Mattia Kaldara transferi kelajakda "Milan" uchun "lotereya"da chiqqan jekpotga aylanishi mumkin. Klub rahbariyatining "Milan"ni Jennaro Gattuzo bilan qaddini ko'tarish missiyasi qanchalik o'zini oqlashini mavsum davomida ko'ramiz. Birgina savol turibdi, Gattuzoni jamoada olib qolinishi to'g'ri qarormi yoki yo'q? Yangi mavsum Gattuzo murabbiy sifatida qanday salohiyatga ega ekanligini ham ko'rsatib beradi.

Qolgan jamoalar haqida qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, "Lacio" uchun Sergey Milinkovich-Savichni jamoada qolgani birgina yaxshi plyus. "Roma"ning qo'shnisi bo'lgan Simone Inzagi boshchiligidagi "Lacio" mazkur transfer bozorini ekonom rejimida o'tkazdi. Etakchilaridan ayrilgan "Atalanta" uchun birgina yaxshi tarafi, jamoa bosh murabbiyi Gasperini hech qaerga ketmadi. "Fiorentina" esa A Seriyadagi eng jo'shqin va yosh jamoa. Favoritlar soyasida qolib ketgan, ammo yangi mavsumda shovqin ko'tarishga qodir yoshlarni yig'ib olgan "Fiorentina"ni kuzatish qiziq bo'ladi. Filippo Inzagi qo'l ostiga o'tgan "Bolonya" ham nima karomat ko'rsatishi ko'pchilikni o'ylantirmoqda. Xullas bugun ko'pchilik o'zgacha ishtiyoq bilan kutayotgan A Seriya start oladi. Davomini esa birgalikda kuzatamiz. Yoqimli tomosha :-)


SHahboz Beg'amov

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика