Ronaldu aybdor emas
23 iyu 2019 02:15
Yangiliklar


Ronaldu aybdor emas
Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronalduga amerikalik model Ketrin Mayorga tomonidan qo'yilgan zo'rlash bo'yicha ayblovlar asossiz deb topildi.
Nevada shtatining Klark policiya okrugi Ronalduning ishi bo'yicha rasmiy bayonot berdi.
«Hozirda mavjud bo'lgan malumotlardan kelib chiqib, tekshiruvlar natijasiga ko'ra, Krishtianu Ronalduga qo'yilgan ayblar etarli dalillarga ega emasligi aniqlandi. SHu sabab, unga nisbatan hech qanday sankciya qo'llanilmaydi», – deyiladi murojaatda.
Eslatib o'tamiz, Mayorga o'tgan yili Ronalduni zo'rlashda ayblagandi. Uning ko'rsatmasiga bo'yicha voqea 2009 yili Las-Vegasda bo'lib o'tgan va portugaliyalik forvard 2010 yilda Ketringa jim yurishi uchun 375 ming dollar to'lagani aytilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar