Ronaldu agar Kavani ketmasa, APL qoidalari sabab 7-raqamni ololmaydi. Xo'sh, qaysi raqamlar bo'sh?
28 avg 2021 07:06
Yangiliklar
Ronaldu agar Kavani ketmasa, APL qoidalari sabab 7-raqamni ololmaydi. Xo'sh, qaysi raqamlar bo'sh?
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytmoqda.
Hali 36 yoshli portugaliyalik futbolchining qaysi raqamda o'ynashi haqida rasmiy malumot berilgani yo'q.
Ammo, APL qoidalariga ko'ra, Ronaldu "Yuventus", "Real" va MYUda harakat qilgan 7-raqamini ololmaydi. Bu raqam hozirda Edinson Kavani tegishli. Liga qoidalari mavsum davomida raqam almashtirishni taqiqlaydi.
Ronaldu agar Kavani ketsa, bemalol ettinchi raqamni olishi mumkin. Ammo, manbalarning malumotiga ko'ra, Kavani va MYU yozda xayrlashishmoqchi emas.
Hozirda Ronaldu uchun 12, 15, 24, 30, 31, 33 va 35 raqamlari bo'sh.
Fikrlar