Ronaldu A Seriyada jarima zarbalarni ijro etish bo'yicha eng yomon ikkinchi natijani qayd etmoqda
26 sen 2019 21:08
Yangiliklar
Ronaldu A Seriyada jarima zarbalarni ijro etish bo'yicha eng yomon ikkinchi natijani qayd etmoqda
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatida jarima zarbalarini ko'ngildagidek ijro eta olmayapti.
Bu haqda l'Ultimo Uomo nashri xabar berdi. Manbaning hisob-kitobiga ko'ra, portugaliyalik hujumchi 18 marta raqib darvozalariga jarima to'pini tepgan. Ularning hech biri muvaffaqiyatli yakunlanmagan. Krishtianudan ham yomon natijani Kamillo CHiano ("Frozinone") qayd etgan - 21 ta zarba, gol yo'q.
Fikrlar