Ronaldu A Seriyada barchadan ko'proq maosh oladi. Murabbiylar orasida Konte yetakchi

19 mar 2021, 19:45
Futbol bo'iycha Italiya chempionatining eng ko'p maosh oladigan futbolchi va murabbiyining nomi ma'lum qilindi.

L'Equipe xabariga ko'ra, A Seriya o'yinchilari orasida "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu barchadan ko'proq daromad qiladi. Uning oylik maoshi 4,53 million evroga teng (soliqlarni hisobga olmaganda). Ikkinchi o'ringa "Roma" yetakchisi Edin Jeko (1,07 mln) joylashgan bo'lsa, uchinchi pog'onani "Yuve" himoyachisi Matteys de Ligt (1,02 mln) egallab turibdi.

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte esa Italiya chempionatida faoliyat yuritayotgan murabbiylar orasida oyiga 1 mln evrodan ko'proq maosh oladigan yagona mutaxassis hisoblanadi. Uning oylik ish haqi 1,38 mln evroga teng. Keyingi o'rinlarga "Roma"ni boshqarayotgan Paulu Fonseka (0,38 mln) hamda Bergamoning "Atalanta" klubi ustozi Jan Pero Gasperini (0,36 mln) joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Equipe