Ronaldu 62-xet-trigini qayd etdi va u bu borada faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida etakchi
26 fev 2023 09:55
Yangiliklar


Ronaldu 62-xet-trigini qayd etdi va u bu borada faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida etakchi
Saudiya Arabistoni chempionati 18-turida “Al Nassr” safarda “Damaq” ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdagi barcha gollarni o'z hisobiga Krishtianu Ronaldu yozdirib qo'ydi. 38 yoshli portugaliyalik faoliyatidagi 62-xet-trigini qayd etdi. U mazkur natija bo'yicha faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida etakchiligini mustahkamladi. Ronalduning eng yaqin taqibchisi Lionel Messi hisobida esa 56 ta xet-trik bor.
Avvalroq, Ronaldu S.Arabistoni birinchiligi joriy mavsum to'purarlari ro'yxatida kuchli to'rtlikka ko'tarilgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar