Ronaldu 550-golini kiritdi

11 fev 2018, 02:05
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu La liganing 23-turida “Real Sosedad” darvozasini ishg'ol etdi (4:0, birinchi taym).

Bu gol portugaliyalik futbolchining o'zi to'p tepgan klublardagi 550-goli bo'ldi. U shuncha golni urish uchun 745 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Ronaldu “Sporting” safida 5 ta, “MYU” safida 118 ta, “Real” tarkibida 427 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports