Ronaldoning narxi 2 million evro?

Omonjon To`xtamirzayev
10 yanv 2024, 20:00
Hujumchi Ronaldo "Rostov" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.

"Levski" klubi hujumchisi yaqin soatlar ichida Istanbulda Rossiya klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 12 - 13 yanvar kunlari futbolchi "Rostov" safiga borib qo'shiladi.

Transfer summasi 2 million evroni tashkil qiladi. Shartnoma to'rt yarim yilga mo'ljallangan bo'lishi aytilmoqda.

Bu mavsum Ronaldo barcha musobaqalarni inobatga olganda 29 o'yinda 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali 23 yoshli braziliyalik transferini 1,4 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru