Ronaldo: Jahon futbolida inqiroz yuzaga kelgan
21 may 2015 07:00
Yangiliklar


Ronaldo: Jahon futbolida inqiroz yuzaga kelgan
Braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldo "Oltin to'p" sovriniga davogarlar soni kamligini takidlab o'tdi.
"Men futbol o'ynagan davrimda har mavsum "Oltin to'p" sovrini uchun kamida 8-10 futbolchilar davogarlik qilishardi. Ayni paytda, aniqrog'i so'nggi 8 yildan buyon bu poygada faqat ikkita futbolchi qatnashmoqda. Meni o'ylashimcha, ular o'z ishlarini juda yaxshi amalga oshirishmoqda. Lekin qolganlar ularga eta olishmayapti. Biz jahon futboli inqirozga yuz tutganini ko'rishimiz mumkin. Men istardimki, "Oltin to'p" uchun ko'plab futbolchilar kurash olib borishsa. Men futbol o'ynagan paytimda Figu, Zidan, Rivaldo, Ronaldino, Maldini, Fabio Kannavaro va Robben singari futbolchilar eng kuchli bo'lishga raqobatchilik qilishardi. O'sha davrlarni sog'indim. Tezroq eng kuchli futbolchi nomiga davogarlar soni oshishini xohlayman", - deydi Ronaldo.

Fikrlar