Ronaldo va Zidan hayriya uchrashuvidan tushgan foyda Ebolaga qarshi kurash uchun ishlatiladi
10 apr 2015 17:45
Yangiliklar


Ronaldo va Zidan hayriya uchrashuvidan tushgan foyda Ebolaga qarshi kurash uchun ishlatiladi
"Real" afsonalari Ronaldo va Zinedin Zidan uchrashuvidan tushgan foydaning uchdan ikki qismi g'arbiy Afrikaga Ebolaga qarshi kurash uchun jo'natiladi.
"Kambag'alchilikka qarshi bahs" nomli uchrashuv 20 aprel kuni "Sent-Eten"ning "Jeffrua Gishar" stadionida bo'lib o'tadi.
Uchrashuvda Dide Drogba, Faben Bartez, Erik Abidal, Kafu, Klarens Zeedorf, Edvin van der Sar, Yuriy Jorkaeff va Rober Pires kabi futbol yulduzlari ishtirok etadi. O'yin BMTning rivojlanish programmasi doirasida bo'lib o'tadi. Yulduzlar jamoasi maydon egasi "Sent-Eten"ga qarshi kurashishadi.

Fikrlar