"Barselona", "Real", "Inter" va "Milan" sobiq hujumchisi Ronaldoning fikricha, jahon futboliga iqtidorlar yetishmayapti.
"Italiya - iqtidorlar yetishmayotgan yagona davlat emas. Jahon futbolida iqtidor kam. Men o'ynagan paytlarda boshqacha edi. Hozir futbolchilarning darajasi tenglashib qolgan va pasayib ketgan" - deydi Ronaldo.