Ronaldo: “Braziliya TJga Gvardiolani olib kelishmoqchi edi”
12 dek 2022 07:45
Yangiliklar
Ronaldo: “Braziliya TJga Gvardiolani olib kelishmoqchi edi”
Sobiq forvard Ronaldo Braziliya futbol konfederaciyasi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning variantini ko'rib chiqqani gapirdi.
“Gvardiolaga qiziqish bor edi, bu u bilan muhokama qilingandi, ammo u “Man Siti”da qolishni afzal ko'rdi. Ehtimol, BFKga u bilan kelishuvga erishish qiyinchilik tug'dirar, chunki, u dunyoda eng ko'p maosh oluvchi murabbiy hisoblanadi”, deydi Ronaldo.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola yaqinda “shaharliklar” bilan shartnomasini 2025 yil yoziga qadar uzaytirdi. Tite esa mundialdagi omadsizlikdan keyin terma jamoa boshqaruvidan ketdi.
Fikrlar