Ronaldinyo qamoqxonadan chiqdi

8 apr 2020, 08:58
Braziliyalik futbol yulduzi Paragvaydagi qamoqxonada 32 kun o'tirdi.

“Barselona” hamda Braziliya terma jamoasi sobiq a'zosi Ronaldinyo 32 kunlik qamoqdan so'ng Paragvaydagi qamoqxonadan ozod qilindi.

Ronaldinyo va uning akasi Assiss 1,6 mln miqdoridagi garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. Ammo shunga qaramay endi ular uy qamog'ida bo'ladi. Hozirda ular Asunson shahridagi mehmonxonaga joylashgan.

Qayd etilishicha, endi ayblanuvchilar kelajakdagi sud yig'ilishlarida videoaloqa orqali muloqotga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24