So’nggi yangiliklar

12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  0 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  6 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  7 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0

Ronaldino haqida afsona Yangiliklar

Ronaldino haqida afsona

Jahon futboli yulduzlari haqida turli afsonalar bor va ulardan birini siz bilan bo'lishishga qaror qildik.

"El Kassiko"dan bir necha kun oldin tunda Ronaldino menga qo'ng'iroq qildi:

"Andres, soat 3 bo'lganini bilaman, ammo senga bir narsani aytishim kerak. Iyulda "Barselona"ni tark etib "Real"ga o'tishim kerak. Ular menga katta mablag' taklif qilishdi va ularga rad javobini bera olmadim. Sen hali yoshsan, meni tushunasan degan umiddaman. Ammo iltimos, bu haqda hech kimga aytma, men senga boshqalardan ko'ra ko'proq ishonaman. Xayrli tun, Andres!"

Men hech narsa deyishga ulgurmadim. Keyingi kun mashg'ulotlarda hamma o'zini boshqacha tutdi va barcha Roanldinoni quchoqlab, unga omad tiladi. Keyin "El Klassiko" kuni etib keldi. Biz "Santyago Bernabeu" kiyinish xonasida edik va Ronni so'z boshladi:

"Yigitlar, bugun bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. Ular juda kuchli. Ammo so'nggi kunlarda biz ham etarlicha kuchli oila ekanligimizni tushundim. Men har biringizga qo'ng'iroq qilib, iyulda "Real"ga o'tishimni aytdim. Hech biringiz bu haqda boshqalarga miq etmadingiz. Men uzoq yillar "Barsa"da qolaman. Keling endi maydonga chiqib, ularga dars berib qo'yamiz".

O'sha kecha Ronaldino faoliyatidagi eng yaxshi uchrashuvni o'tkazgan bo'lsa kerak. U "Real" darvozasiga 2 ta gol urdi. Aynan o'sha kun "Qirollik klubi" muxlislari Ronaldinoni olqishlashdi".

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика