Ronald Kuman: "Mavsumning so'nggi qismida klubning ishonchini his qilmadim"
21 may 2021 20:09
Yangiliklar
Ronald Kuman: "Mavsumning so'nggi qismida klubning ishonchini his qilmadim"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman so'nggi paytlarda klub tomonidan ko'rsatilayotgan hurmat va ishonchni his qilmayotganini takidladi.
"Mavsumning yakuniy qismida men klubning ishonchini his qilmayapman. Rahbariyati bilan kelajagim haqida gaplashmadik va natijalarda shubha borligini tushunaman. G'alaba qozonish uchun o'zgarishlar qilish kerakligini tushunaman.
Agar rahbariyat ularga boshqa murabbiy yoki o'yinchilar kerak deb hisoblasa, bu yaxshi, ammo bu to'g'risida biz bilan suhbatlashishi kerak.
Menimcha, murabbiy va futbolchilarga ko'proq hurmat ko'rsatish kerak. Angladimki, shogirdlarim so'nggi paytlarda OAV tomonidan tarqatilayotgan xabarlardan ranjishmoqda. Ular bunday muomalaga loyiq emaslar. Ko'p narsalar boshqacha bo'lishi kerak", - dedi Kuman.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar