Romelu Lukaku: “Irqchilik butun Evropada hali ham mavjud"
25 sen 2020 20:53
Yangiliklar
Romelu Lukaku: “Irqchilik butun Evropada hali ham mavjud"
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku futboldagi irqchilik muammosi haqida gapirdi.
“Irqchilik butun Evropada hali ham mavjud va bu bemanilik. Men bir marta Italiyada irqchilikka duch kelganman, bunga munosabat bildirganimdan keyin bu boshqa sodir bo'lmadi.
Men 3 yoki 300 hushtakni minglab oddiy fuqarolarga to'nkamoqchi emasman. Ishonchim komilki, irqchilik o'zining bemaniligi bilan o'tmishda qoladi.
Italiya – men ko'rgan eng yaxshi mamlakat. Italiyaliklar meni quchoq ochib kutib olishdi va bu uchun barchadan minnatdorman ”, – dedi belgiyalik La Gazzetta Dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar